Nukus davlat texnika universiteti "Ta'lim sifatini ta'minlash" bo'limi professor-o'qituvchilarning dars o'tish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish orqali talabalarning sifatli ta'lim olishiga va universitetda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoring o'tkazishdan iborat.
Ta'lim sifatini ta'minlash bo'limi talabalarning sifatli ta'lim olishini ta'minlashda alohida rol o'ynaydi. Bunda kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, xususan iqtidorli o'qituvchilarni tanlash orqali universitet ta'lim sifatini ta'minlash va talabalar bilimlarini davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o'zlashtirish darajasini o'rganib borish va tahlil qilishdan iborat.