Reja-moliya bo'limi Nukus davlat texnika universitetning moliyaviy va iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish, smeta tuzish, shtat jadvalini shakllantirish hamda byudjet mablag'laridan samarali foydalanishni ta'minlash bilan shug'ullanadi. Bo'lim moliyaviy hisobotlar tayyorlaydi, byudjet ijrosini nazorat qiladi va sarf-xarajatlarni tahlil qiladi.
Reja-moliya bo'limi maqsadi — moliyaviy intizomni mustahkamlash, mablag'lardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda barcha xarajatlarni shaffof va samarali boshqarishdir. Bo'limning asosiy vazifasi — muassasaning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, har bir so'mning to'g'ri yo'nalishda ishlatilishini nazorat qilish va ortiqcha xarajatlarning oldini olishdir.