![]() |
Nukus davlat texnika universiteti "Registrator ofisi" xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i: |
Abdimuratov Nurlan Usenovich |
|
| Qabul vaqti: Dushanba-Juma (09:00-18:00) | |
| Telefon: (+998 61) 222-46-12 | |
| E-mail: n.abdimuratov.9494@gmail.com |
"Registrator ofisi" xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'ining vazifalari quyidagilardan iborat: xizmat ko'rsatish (front office) bo'limida ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va to'g'ridan-to'g'ri ularni boshqarishda ofis boshlig'iga ko'maklashish; ofis boshlig'i ish joyida bo'lmaganida uning lavozim vazifalarini vaqtinchalik bajarish; talabalarga o'quv jarayonining tashkil etilishi va elektron platformalardan samarali foydalanishiga ko'maklashish.
Talabalarga ilmiy va innovatsion faoliyat bo'yicha xizmat ko'rsatishni tashkil qilish; xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo'yicha xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish; "HEMIS" ta'lim platformasi va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish "ijro.gov.uz" tizimidan foydalanish va ijrosini ta'minlash; oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartiblarini tashkil qilish.





