![]() |
Nukus davlat texnika universiteti "Registrator ofisi" ma'lumotlar bazasi bo'limi boshlig'i: |
Yuldashev Qudrat Rustamovich |
|
| Qabul vaqti: Dushanba-Juma (09:00-18:00) | |
| Telefon: (+998 61) 222-46-12 | |
| E-mail: yqudrat@umail.uz |
"Registrator ofisi" ma'lumotlar bazasi bo'limi boshlig'ining vazifalari quyidagilardan iborat: ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va to'g'ridan-to'g'ri ularni boshqarishda ofis boshlig'iga ko'maklashish; ma'lumotlar bazasi (back office) bo'limidagi sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish; talabalarga tegishli bo'lgan statistik ma'lumotlarni yuritish hamda "HEMIS" axborot tizimiga to'g'ri kiritilishini nazorat qilish.
"HEMIS" ta'lim platformasi va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish "ijro.gov.uz" tizimidan foydalanish va ijrosini ta'minlash; universitetda o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarga asosan universitetning elektron ta'lim platformasi orqali talabalar harakatini umumlashtirish va tahlil qilish; Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va universitet tomonidan o'rnatilgan talablar asosida o'quv jarayonini tizim orqali to'g'ri tashkil etilishini hamda professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish.





