QARO'ZBРУСENG

Registrator ofisi boshlig'i

Nukus davlat texnika universiteti "Registrator ofisi" boshlig'i:

b.f., (PhD) Seytkamalov Xayratdin Maulenovich

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (09:00-18:00)
Telefon: (+998 61) 222-46-12
E-mail: xayratdinseytkamalov@gmail.com

"Registrator ofisi" talabani tizimda shakllantirish, o'quv jarayoni va talabalarga xizmat ko'rsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda ta'lim jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, tizimda byurokratik to'siqlar yuzaga kelishining oldini olish va tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Asosiy vazifalar: bo'lajak talabalar va ularning yaqinlariga OTMdagi dasturlar haqida ma'lumot berish; o'qishga qabul qilingan talabalarni qayd etish; o'quv dasturidagi fanlariga ro'yxatdan o'tkazish; talabalarning fanlar bo'yicha baho va kreditlarini qayd qilish; talabalarga o'qish joyidan ma'lumotnomalar berish; talabalarga bitiruv diplomi va diplom ilovalarini taqdim etish; stipendiya va moliyaviy yordam ko'rsatish; universitet akademik kalendarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish; talabalar va o'quv dasturlari bo'yicha statistik ma'lumotlarni yuritish va shaffof tarzda chop etish.