![]() |
Nukus davlat texnika universiteti O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i: |
Yadgarov Sherzod Abdullaevich |
|
| Telefon: +998 97 220-11-04 | |
| Telegram: @shyadgarov | |
| Ish joyi: 4-bino, 116-xona | |
| E-mail: Sheraka@gmail.com |
O'quv-uslubiy boshqarma oliy ta'lim muassasasida kafedralar tomonidan ish hajmining to'g'ri shakllantirilishi va soatbay haq to'lanadigan professor-o'qituvchilar tarkibiga mehnat normativlarining amaldagi me'yorlarga muvofiq belgilanishini nazorat qiladi.
O'zbekiston Respublikasining ta'limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qarorlari, buyruqlari, xatlari, shuningdek, rektor buyruqlarining boshqarmada bajarilishini ta'minlaydi va monitoringini olib boradi. Vazirlikning buyruq va ko'rsatmalarini oliy ta'lim muassasasi o'quv-metodik hodisasini qo'llash uchun zarur ishlarni olib boradi.





