Kafedra faoliyati 60710900 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, 60721200 - Konchilik elektr mexanikasi, 60710400 – Energetika muhandisligi, 60710500 - Elektr muhandisligi mutaxassiligi bo'yicha muhandis kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan.
"Energetika muhandisligi" kafedrasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti Ilmiy kengashining 2023-yil 31-avgust kungi 1b-sonli buyrug'i bilan tashkil etilgan. "Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish to'g'risida"gi Prezident qaroriga (PQ-25-son, 24.01.2025-y.) ko'ra "Energetika va avtomatlashtirish" kafedrasi faoliyat olib bormoqda. 2026-yil 5-fevraldagi Nukus davlat texnika universiteti rektorining buyrug'i bilan yangi struktura tasdiqlanishi bilan o'z faoliyatini olib bormoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 5 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi, shulardan 2 nafari dotsent (kafedra mudiri A.Yuldashev va I.Jaqsimuratov), 2 nafari katta o'qituvchi (I.G'ayipov, A.Paxratdinov), 1 nafari assistent (M.Qurbonboyev) va 1 nafari stajyor-o'qituvchi (B.Allamuratov).