Hashar – elga yarashar
O'zbekiston Ekologik partiyasi Nukus shahar Kengashi hamda Nukus konchilik institutidagi partiyaning boshlang'ich partiya tashkiloti a'zolari bilan birgalikda 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan ekologik xayriya hashari o'tkazildi.
Unda Nukus shahar "Boz awil" MFY hududidagi Nayman ko'chasi tozalandi, chiqindilar olib tashlandi, daraxtlar oqlanib, ezgu niyat bilan yangi daraxt ko'chatlari ekildi.
Yurtimizning barcha hududlarida xayriya hasharlari o’tkazilmoqda. Siz ham unda faol ishtirok eting!