Nukus davlat texnika universitetida talabalarning puxta bilim olishi, kasbiy salohiyatini rivojlantirishi hamda xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishi uchun zamonaviy ta’lim muhiti va keng imkoniyatlar yaratilgan.
Universitetda iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, kimyo va biotexnologiya, energetika, elektrotexnika, konchilik, geologiya, metallurgiya, transport, mexatronika va robototexnika, ekologiya, arxitektura hamda boshqa muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy mutaxassislar tayyorlanadi.
Nukus davlat texnika universiteti talabalari xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli tanlovlar, xakatonlar hamda innovatsion loyihalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishmoqda. Ular o‘z bilim va salohiyatini amalda namoyon etib, faxrli o‘rinlar, grantlar hamda nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritmoqda. Ushbu yutuqlar universitetda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti hamda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yaqqol natijasi hisoblanadi.
Nukus davlat texnika universiteti — bilim, ilm-fan va innovatsiyalar asosida rivojlanayotgan, kelajak mutaxassislarini tayyorlaydigan zamonaviy oliy ta’lim muassasasidir.




