QARO'ZBРУСENG

Nukus davlat texnika universitetida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda

​Nukus davlat texnika universitetida 2025/2026-o‘quv yili bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar topshirilmoqda.

​Tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchilar ishtirok etdi. Bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularga kelgusi kasbiy faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilandi.

​Shuningdek, ularning oliy ta’lim jarayonida egallagan bilim va amaliy ko‘nikmalarini samarali qo‘llab, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib yetishishiga katta ishonch bildirildi.