Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar!
Nukus davlat texnika universiteti tomonidan tashkil etilgan “Nukus davlat texnika universiteti axborotnomasi” ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan 2026-yil 10-iyul kuni №1701043-sonli guvohnoma bilan respublika ilmiy jurnali sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.
Jurnalga maqolalar qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: fizika-matematika, kimyo, biologiya, geologiya-mineralogiya, texnika, tarix, iqtisodiyot, filologiya va pedagogika.





