
Nukus davlat texnika universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari o‘tkazildi.
Imtihonlar belgilangan reja asosida tashkil etilib, barcha jarayonlar amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda belgilangan tartiblar asosida olib borildi.
Qabul jarayonining ochiqligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida imtihonlar belgilangan tartibda nazorat ostida o‘tkazildi.








