
Startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy qiymati 6 million AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari ishlab chiqilgan.
1 iyuldan boshlab Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan ikki muhim respublika tanlovi — "President Tech Award" va "President AI Award" tanlovlariga arizalar qabul qilish boshlandi.
Birinchisi: Tanlov ("Prezident Tech Award") — bu texnologik startaplar uchun o‘tkaziladigan tanlov bo‘lib, uning umumiy mukofot jamg‘armasi 5 million dollarni tashkil etadi. Dastur doirasida 70 ta startap-jamoa moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi belgilangan.
(Tanlov uchta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: "Inkubatsiya," "Akseleratsiya" va "Best Startup Project" dasturlari.)
Ikkinchisi: Tanlov ("President AI Award") — bu sun’iy intellekt asosidagi yechimlar uchun umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lib, har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan g‘olib (jami 15 ta startap) dan investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratildi.
(Asosiy dasturlar: Davlat boshqaruvi, Sanoat va biznes, Sog‘liqni saqlash, Ta’lim, Yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalarda sun’iy intellekt hisoblanadi.)
Muddat:
President AI Award — 1-avgustgacha,
President Tech Award — 30-avgustgacha




