"TalabaExpo – 2026" kasb ko‘rgazmasida Nukus davlat texnika universiteti faollik ko‘rsatdi

2026-yil 28-iyul kuni Nukus shahrida "Kelajakka qadam" dasturi doirasida "TalabaExpo – 2026" kasbiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada Nukus davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etib, tadbirning yuqori darajada o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Tadbir yakunida faollik ko‘rsatgan ishtirokchilar "O‘zmilliybank" AJ "Kelajakka qadam" markazi tomonidan minnatdorchilik xatlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




















