28-iyul kuni poytaxtimiz Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazma bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratildi. Tadbir davomida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, startap loyihalari taqdimoti, shuningdek, imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha seminarlar tashkil etildi.
Nukus davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari yarmarkada startap loyihalari, innovatsion ishlanmalari hamda talabalar tomonidan yaratilgan loyihalar bilan faol ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Nukus davlat texnika universitetining 48 nafar talabasi jami 3 milliard 195 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditni olib, o‘z biznes faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, 2024–2025 o‘quv yilida 19 nafar talaba 1 milliard 485 million so‘m, 2025–2026 o‘quv yilida esa 29 nafar talaba 1 milliard 710 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditdan foydalangan.
Mazkur ko‘rgazma yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘ldi.












