QARO'ZBРУСENG

Nukus davlat texnika universiteti yana bir Erasmus+ xalqaro grant loyihasi hamkoriga aylandi

Nukus davlat texnika universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ta'lim sifatini yuksaltirish yo‘lida navbatdagi muhim yutuqqa erishdi.

Universitet Yevropa Ittifoqining Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) dasturi doirasidagi "UzEcoDigiT – Green Digital Transformation of the Undergraduate Educational Program in Ecology and Environmental Protection in Uzbekistan" xalqaro grant loyihasida hamkor sifatida ishtirok etadi.

✅Mazkur loyiha Yevropa Komissiyasi tomonidan ijobiy baholanib, Grant Agreement Preparation bosqichiga o‘tdi. Bu loyiha Erasmus+ dasturi doirasida moliyalashtirish uchun tavsiya etilganini anglatadi.

Loyiha doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi bakalavriat ta'lim dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, yashil va raqamli transformatsiya tamoyillarini joriy etish, innovatsion ta'lim texnologiyalarini keng qo‘llash hamda xalqaro tajribani ommalashtirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyiha Gretsiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya hamda O‘zbekistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalari hamkorligida amalga oshiriladi.

Mazkur yutuq universitetda ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.

Menyu

Biz bilan bog`laning

Manzil
Nukus shahri, A. Dosnazarov ko`chasi. 74-uy
Ishonch telefonlari
+998-61-222-49-10
+998-61-222-46-12